OFK U23. Yaponiya - finalga va Olimpiadaga chiqdi! VIDEO

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2016, 20:43
U23 Osiyo chempionatining dastlabki finalchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Dastlabki yarim finalda Yaponiya olimpiyachilari Iroq bilan to'qnash keldi. Hisobni yaponiyalik Kubo ochdi. Birinchi bo'lim oxirida Natiq kunchiqar yurt vakillari darvozasini ishg'ol qilib muvozanatni tiklashga erishdi.

Barcha o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugashini kutayotgan bir vaqtda Xarakava tomonidan urilgan gol Yaponiyani finalga olib chiqish bilan birga Rio De Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani olib berdi.

Yaponiya - Iroq 2:1
Gollar: Kubo 26, Xarakava 90+3 - Natiq 43

Ikkinchi finalchi nomi Janubiy Koreya va Qatar o'rtasidagi o'yindan so'ng ma'lum bo'ladi. 

TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia