

"EstadalDoha" nashri "A", "B" va "C" o'yinlariga sharh berib chiqqan. Tabiiyki, unda Qatar olimpiyachilariga yaxshi baho berilgan. Shuningdek, Eron terma jamoasini Rio yo'llanmasida asosiy favorit sifatida ko'rsatilyapti.

Terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinga arab nashrlari ikki xil baho berishgan. Ulardan ayrimlari, hakam o'yinni sindirdi degan fikrga kelgan bo'lsa, ayrimlari hisobni tenglashtirish uchun hali 70 daqiqa bor bo'lganligi, koreyslar tajriba evaziga uch ochkoni qo'lga kiritganligi haqida yozganlar.






