OFK U23. Dostonbek Hamdamov turnirdagi eng tezkor gol muallifi

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2016, 21:49
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Dostonbek Hamdamov Iroq olimpiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritdi.

"Bunyodkor" futbolchisi o'yinning birinchi daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Bungacha esa Yaponiya terma jamoasi futbolchisi Ueedaning 5-daqiqada kiritgan goli eng tez gol sifatida qayd etilgandi.

Shuningdek, 2014 yil chorak final o'yinida Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Ba Ek Sungning Suriya terma jamoasi darvozasiga 3-daqiqa kiritgan goli musobaqa tarixidagi eng tez gol hisoblanardi. Hamyurtimiz esa ushbu rekordni yangiladi.

Saytimiz orqali O'zbekiston va Iroq olimpiyachilari o'yinining matnli translyatsiya olib borilmoqda. Olg'a O'zbekiston!


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia