OFK U23. Bugun yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2016
Bugun U23 Osiyo chempionatining finalchilari nomi ma'lum bo'ladi.

Dastlabki yarim finalda Yaponiya va Iroq jamoalari to'qnash kelishadi. Bu o'yinni malayziyalik Mohd Amirul Izvan boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Ikkinchi finalchi Qatar va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yinda aniqlanadi. Bu bahs Shri Lanka hakami Xettikamkanamge Pereraga topshirilgan.

Finalga chiqqan ikki jamoa Rio De Janeyrodagi Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 29 yanvar kuni yarim finalda mag'lub bo'lgan jamoalar musobaqaning uchinchi o'rini uchun o'yinda maydonga tushishadi. Ushbu bahs g'olibi ham Braziliyaga boradi.

Final o'yini 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia