OFK rasmiylari O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashdilar

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015
OK-2015 startiga ikki kun qolganda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiylari O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashishdi.
OFK hakamlar nazoratchisi Xani Ballan terma jamoa a'zolarini o'yin qoidalariga kiritilgan o'zgartirishlar va yangiliklar haqida ma'lumot beradi. Maxsus videoroliklar orqali qanday qoidabuzarliklar hakamlar tomonidan jazolanishi O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari va murabbiylariga namoyish etib berildi.

OFK nazoratchisi Xani Ballanning so'zlariga ko'ra Osiyo Kubogida hakamlar yuqori saviyada o'yinlarni boshqarib boradilar. Boisi, Osiyo Kubogi bahslarini boshqarib boradigan hakamlar musobaqa oldidan ko'plab test sinovlari topshirishgan.

Xani Ballanning qayd etishicha, musobaqada ayniqsa o'ta qo'pol qoidabuzarliklar hakamlar tomonidan qattiq jazolanadi. Shuningdek, hakamlar futbolchilarning simulyaciya ishlatish holatlariga ham e'tiborda bo'ladilar. OFK nazoratchisining so'zlariga ko'ra simulyaciya ishlatish - sariq kartochka ishlab olish uchun eng tez va qulay qoidabuzarlik hisoblanadi

Uchrashuv yakuniga etach, O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi OFK rasmiylari bilan musobaqa tashkiliy masalalari borasida suxbat qurishdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com