OFK Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi eng markaziy bahsni o'zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2024
Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarishadi.

Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining 1/8 finali doirasidagi Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya o'yinida Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam) hakamlik qilishadi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda zaxira hakami sifatida kuvaytlik Abdulloh Jamali ishlasa, Ahmad Alali (Kuvayt) VAR hamda Odil Ali Ahmad Alnaqbi (BAA) AVAR vazifalarini bajarishi ko'zda tutilgan.

Mazkur bahs 30 yanvar kuni soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) Al Rayyan shahridagi “Education City” stadionida o'tkaziladi.

Osiyo kubogi | 1/8 final bosqichi
Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya
30.01.2024 | 21:00

Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko va Timur Gaynullin (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Abdulloh Jamali (Kuvayt)
VAR: Ahmad Alali (Kuvayt)
AVAR: Odil Ali Ahmad Alnaqbi (BAA)

Hakamlarimizga mazkur o'yinda omad tilab qolamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати