OFK "Nasaf"ga licenziya olish uchun so'nggi imkoniyatni berdi

Alisher
15 dek 2020
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev "Nasaf"ning OCHLda ishtirok etishi borasidagi yangilik haqida xabar berdi.

"Murojaatimizga ko'ra, OFK Nasaf uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tizimini istisno tariqasida ochib berdi. Nasaf hujjatlarni allaqachon yuklashni boshladi. 

Endi hammasi hujjatlar qanchalik aniqlik bilan tizimga kiritilgani va shuning xulosasi asosida OFK taqdim etadigan javobda qoldi. Kutamiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegram sahifasida.

→ "Nasaf" OCHL licenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda... 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia