OFK kubogi-2021. "Nasaf" keyingi bosqichga chiqsa, Hindiston klubi bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
24 avg 2021
OFK kubogi janubiy mintaqasida hal qiluvchi uchrashuv yakunlandi.

Janubiy mintaqa "D" guruhida "Mohun Bagan" (Hindiston) klubi 3-turda "Bashundxara Kings" (Bangladesh) bilan durang (1:1) o'ynadi. Shunday qilib, Hindiston klubi guruhda g'olib chiqdi va "Nasaf"/"Ahal"ning keyingi bosqichdagi raqibiga aylandi.

"Nasaf" bu bosqichda ham zafar quchsa, Inter zonal finaliga chiqadi va yana o'z maydonida o'ynaydi. Raqib Gonkongning "Li Man" klubi bo'ladi.

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bu o'yinda ham g'olib bo'lishsa, OFK kubogi finaliga chiqishadi. Finalga G'arb mintaqasidagi to'rtta klubdan biri chiqadi.


G'ARBIY MINTAQA FINALI
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g'olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g'olibi

INTER ZONAL YARIM FINAL
"Nasaf" - "Ahal" g'olibi - "Mohun Bagan" (Hindiston)

INTER ZONAL FINAL
Inter zonal yarim final g'olibi - "Li Man" (Gongkong)

OFK KUBOGI-2021 FINALI
G'arbiy mintaqa finali g'olibi - Inter zonal final g'olibi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia