

"Bugun sevimli jamoamiz OFK Kubogi doirasida Hindistonning “Mohun Bagan” jamoasi bilan kuch sinashadi. Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi bugungi bellashuvga muxlislar kirishiga ruxsat berdi. Ammo koronavirus infekciyasi hali butkul chekinib ulgurmaganligi sababli bugungi bellashuvga muxlislar cheklangan holda kiritiladi va ulardan karantin qoidalariga to'liq rioya qilishlari so'raladi.
Chiptalarni hoziroq o'yingoh kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
Chipta narxi - 25 000 so'm.
“Nasaf” futbol klubi keyingi futbol uchrashuvlariga ko'proq muxlislar kiritilishiga harakat qiladi va keltirilgan noqulayliklar uchun barchadan uzr so'raydi", deyiladi xabarda.

Chiptalar faqat 5 ta sektor uchun chiqarilgan (5, 6, 7, 8, 9).



