OFK kubogi-2021. Finalni koreyalik hakamlar boshqarib borishadi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2021, 13:58
5 noyabr kuni Bahraynda OFK kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK ushbu bahsga koreyalik hakamlarni tayinladi. Bosh hakam Ko Xyung Jin, qanotlarda Yun Jae Yeol va Park Sang Jun ishlashadi. Zaxira hakami vazifasini Kim Dae Yong bajaradi.

OFK kubogi-2021, Final
"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Nasaf" (O'zbekiston)
5 noyabr 2021 yil. Arad, "Al Muharraq" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Ko Xyung Jin, Yun Jae Yeol, Park Sang Jun, Kim Dae Yong (barchasi Janubiy Koreya) 



Eslatib o'tamiz, final 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia