OFK 2014 yilgi eng yaxshilarni taqdirladi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2014
Bugun Manila shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 60 yilligi tantanalari va yil sovrindorlarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifada barcha sovrindorlar bilan tanishib borish mumkin bo'ldi.


Marosimda O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev ishtirok etdi.



1. OFKning "Osiyo olmosi" (Diamond of Asia) mukofoti Yaponiya Futbol Uyushmasining sobiq prezidenti Junji Oguraga topshirildi.



2. OFKning "Osiyo orzusi" (Dream Asia) mukofoti Qatar Futbol Uyushmasiga topshirildi.



3. Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi – Yaponiya Futbol Associaciyasi

Yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbol federatsiyasi – KXDR Futbol Associaciyasi

Yilning eng yaxshi rivojlanishga intilayotgan futbol federatsiyasi - Qirg'iziston Futbol Federatsiyasi

4. Ommaviy futbolni rivojlantirgan yaxshi associaciyalar –Filippin, Hindiston, Tojikiston.



5. Yil terma jamoasi - erkaklar - Falastin milliy terma jamoasi
Qolgan nomzodlar: KXDR U-16 terma jamoasi, Qatar U-19 terma jamoasi



6."Fair Play" sovrini - Janubiy Koreya FA
Qolgan nomzodlar:
Eron va Yaponiya



7. Yil hakami - erkaklar - Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Boshqa nomzodlar: Alirizo Fag'oni (Eron) va Navaf Shukralla (Bahrayn)



8.Yil murabbiyi - erkaklar - Toni Popovich ("Vestern Sidney")
Boshqa nomzodlar: Jamol Mahmud (Falastin terma jamoasi) va Norio Sasaki (Yaponiya ayollar terma jamoasi)

9. Yil murabbiyi - ayollar - Asako Takemoto (Yaponiya U-17 terma jamoasi)
Boshqa nomzodlar: Gao Xong (Xitoy U-17 terma jamoasi) va Nuengrutai Sratxongvian (Tailand ayollar terma jamoasi)

10.Yilning eng yaxshi klubi - "Vestern Sidney Vanderers" (Avstraliya)
Boshqa nomzodlar: "Al Qodisiya" (Quvayt) va "MTTU" (Turkmaniston)

11. Yilning eng yaxshi legioner futbolchisi – Asamoa Gyan (Gana, "Al Ayn" BAA)

12. Yilning eng yaxshi futbolchisi - ayollar - Katrina Li Gorri (Avstraliya)
Boshqa nomzodlar: Naomi Kavasumi (Yaponiya) va Aya Miyama (Yaponiya)
 
13. Yil hakami - ayollar - Rita Gani (Malayziya)
Boshqa nomzodlar: Pannipar Kamnueng (Tailand) va Sachiko Yamagishi (Yaponiya)

14. Yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi – Mayl Edinak (Avstraliya, “Kristal Pelas" Angliya);

15. Yilning eng yaxshi futbolchisi - erkaklar - Nosir Al Shamroni (Saudiya Arabistoni)
Boshqa nomzodlar: Ismoil Ahmad (BAA) va Xalfan Ibrohim (Qatar)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia