O'FFning navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasidan LIVE

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018
Bugun "Hyatt Regency" mehmonxonasida O'FFning navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tadi.

Tadbir soat 10:00da boshlanishi kutilmoqda. Ushbu sahifa orqali hisobot-saylov Konferenciyadagi vaziyatlar onlayn tarzda taqdim etib boriladi. 


YANGILASH

9:40 - Konferenciya bo'ladigan mehmonxonaga ishtirokchilar va mehmonlar kelishmoqda. 


9:42 - Konferenciya delegatlari va ishtirokchilari o'z o'rnini egallashmoqda



9:49. Quyida Tolibjon Qosimov olgan rasmlarni tomosha qiling. 






10:00. Belgilangan vaqt bo'ldi. Barcha mehmonlar kelishdi. Rahbarlarni kutayapmiz. 

10:25. Hozirgacha konferenciya boshlangani yo'q. 

10:58. Konferenciya a'zolari kelganiga 1 soat bo'ldi...Hamon rahbariyatdan darak yo'q


11:22. Bizda internet o'chib qolgani yo'q. Shunchaki hozircha hech qanday o'zgarish bo'lmagani uchun yozmayapmiz xolos. 


11:25. Nihoyat! Zalga Achilbay Ramatov, Rustam Qurbonov, Umid Ahmadjonov, Shoakram Isroilov, Sardor Rahmatullaev kirib kelishdi.  


11:28. Konferenciyani Sardor Rahmatullaev ochib bermoqda. 80 nafar delegatdan 6 kishi uzrli sabablarga ko'ra Konferenciyaga kela olishmadi. Shu bois saylovda 74 nafar delegat ishtirok etadi.

11:33. Bugungi kun tartibida turgan masalalar
1. Mamuriy masalalar
2. O'FF Nizomiga o'zgartirish kiritish
3. O'FF Prezident, Vice-prezident va ijroiya qo'mitasiga saylovlar
4. Boshqa masalalar

11:37. DIQQAT! O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Associaciyaga aylantirilgani e'lon qilindi. Barcha o'zgarishlar FIFA va milliy qonunchilikka asosan amalga oshirildi.

11:39. Toshkent shahar futbol Federatsiyasi tomonidan O'FA prezidentligi uchun Achilbay Ramatov nomzodi ilgari surilgan. Boshqa hech bir federatsiya nomzod ko'rsatmagan. Barcha delegatlar Ramatovga bir ovozdan ovoz berishdi. 

11:39. DIQQAT! O'zbekiston futbol Associaciyasi yangi prezidenti - Achilbay Ramatov

11:43. O'FA yangi prezidenti Achilbay Ramatov so'zga chiqdi: Menga bildirilgan ishonch uchun rahmat. Endi futbolni rivojlantiramiz. Futbolda juda ko'p muammolar bor. Endi pastga tushib muammolarni hal qilishimiz kerak. Hamma pasta tushishi lozim, viloyatlardagi futbolni ko'tarishimiz kerk. Nima kerak bo'lsa hammasini qilamiz. Pul kerak bo'lsa pul topamiz. Futbolimizni ko'tarishimiz kerak. Osiyodagi o'z o'rnimizni ham yo'qotdik. O'zbek futbolini ko'tarishimiz kerak. Arab davlatlarida o'z vaqtida futbolni tushunishmasdi. Ular to'g'ri yo'lda va mana hozir rivojlanib yetakchiga aylanishdi. Biz ham ishni to'g'ri yo'lga qo'yamiz. Xalq bizdan natija so'raydi. Ularning bunga haqqi bor. Stadionlarga ishqibozlar kelmay qo'ydi. Toshkentda ham shu ahvol. Demak biz futbolimizdagi kasalliklarni qidira boshlashimiz kerak. Tomoshabin kelmasa bizning qilgan ishlarimiz hech kimga kerak emas. Futbol bu ommaviy sport. Asosiy maqsad bu xalq uchun, muxlislar uchun ishlashkerak. O'z vaqtida stadionlarimiz to'lardi. Hozir esa hech kim yo'q. Chunki bizning futbolda "o'yinlar" ko'p. Tepadan qo'ng'iroqlar bo'ladi. Endi kim aralashadigan bo'lsa o'zidan ko'rsin. Aralashuvlar butkul yo'qotiladi. Hakamlik tizimini tubdan isloh qilish, kelishilgan o'yinlarni yo'q qilish zarur. Hakamlar yo'q joydan penalti belgilab beradi yoki ofsayd o'ylab topadi. Buni ko'p ko'rganman. Uch yil oldin "Paxtakor" va "Metallurg" o'yini bo'lib o'tgan edi. Bu maynavozchilik.

12:50. O'zbekiston Futbol Associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bo'ldi. Shoakram Isroilov va Sherzod Toshmatovlar O'FAning vice-prezidentlariga aylanishdi.




YANGILASH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia