

"Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyalaridan biri O'zbekiston sport sohasiga bag'ishlanadi. Anjumanga Milliy Olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi, O'zbekiston futbol federatsiyasi va futbol bo'yicha Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi vakillari taklif qilingan. Mavzuga oid, o'zingizni qiziqtirgan savollarni bizga oldindan yuborish imkoniyatiga egasiz. Bizni 21-iyun kuni jonli efirda kuting!", - deyiladi Xalqaro Press-klubning feysbukdagi xabarida.



