O'FF Abdulhay Ismoilov 1 yilga diskvalifikaciya qilinganini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2016
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi a'zosi Abdulhay Ismoilov Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Antidoping qoidalari 6-bandini buzganligi uchun 1 yilga diskvalifikaciya qilindi.

Shu yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr kunlari Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tgan U-16 Osiyo chempionati vaqtida olingan doping-probalarda Abdulhay Ismoilovning namunasida taqiqlangan moddalar aniqlandi.

Shu munosabat bilan Abdulhay Ismoilov futbolga oid har qanday faoliyatdan 1 yilga chetlatildi. Uning diskvalifikaciyasi OFK Antidoping qoidalari buzilgan sanadan boshlab, yani, 2016 yilning 3 noyabridan kuchga kirib, 2017 yilning 2 noyabriga qadar davom etadi.

Abdulhay Ismoilov mazkur holat takrorlangan taqdirda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirildi.

Ma'lumot uchun, Abdulhay Ismoilov Hindistonda bo'lib o'tgan U-16 Osiyo chempionatida KXDRga qarshi (3:1) “D” guruhi 3-turida hamda Iroqqa qarshi (0:2) chorak finalida maydonga tushgandi.


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com