

"Ushbu turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish va teletranslyatsiya qilish muhim jarayon bo'lib, mazkur sohalarni rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Bugun O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va OFKning translyatsiyalar bo'yicha hamkori hisoblangan "Football Marketing Asia" kompaniyasining direktori Patrik Myorfi bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy o'tgan muloqotda keyingi yilda yurtimiz maydonlarida o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarning translyatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Patrik Myorfi media, marketing, chempionatlarni efirga uzatish masalasi, texnologiyalar, tasvirga olish standartlari, shuningdek, homiylarni jalb qilish xususida o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

Suhbat davomida O'FA va FMA o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov Patrik Myorfiga O'zbekiston futbol associaciyasining esdalik sovg'alarini topshirdi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.



