O'FA: Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi keyinroq e'lon qilinadi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2025
O'zbekiston futbol associaciyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Farhod Nishonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig'inlari, selekciya, tibbiy,  ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi.

O'z navbatida murabbiylar kengashi a'zolarining O'zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi. Jamoa oldiga qo'yilgan Jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarilmagan bo'lsa-da, Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

U-20 terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi cikl bo'yicha musobaqalardagi ishtirokini yakunladi. Jamoa futbolchilari O'zbekiston U-23 terma jamoasi asosini tashkil qilib, Los-Anjelesda o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik olib boradi.    

Shuningdek, kun tartibidan O'zbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiylar nomzodlarini ko'rib chiqish masalasi o'rin oldi. Murabbiy bo'yicha qaror - tavsiyalarni o'rganish jarayoni yakuniga etganidan so'ng ma'lum qilinadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати