O'FA Tibbiy qo'mitasi raisi terma jamoa futbolchilarida uchrayotgan jarohatlarga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2024
O'zbekiston futbol associaciyasi Tibbiy qo'mitasi raisi Abror Pirriev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy terma jamoamiz futbolchilarda uchrayotgan jarohatlar to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"MTJdagi jarohat ma'lumotlari bir zumda tarqaldi, turfa fikrlar bildirildi. Ammo boshqa bir jihat kaminaning diqqatimni tortmoqda.

Yanikim, jarohat olganlarga shunchaki eshik ko'rsatib qo'yilmayotgani, balki ularning to'liq tuzalib, yana safga qaytgunicha zarur tibbiy va moddiy-manaviy yordam reja asosida amalga oshirilayotgani e'tiborga molik.

Masalan, jiddiy jarohat olgan Igor Sergeevning tizzasida qilinadigan jarrohlik amaliyoti mashhur “Aspetar” klinikasida, taniqli amerikalik jarroh tomonidan qilinishi belgilangan. Tizza bo'g'ini boylamlari jarohati bilan muboqani erta yakunlagan Alijonov jamoa tibbiy shtabi va "Aspetar" mutaxassislari tomonidan davolanmoqda. Hatto umumiy ro'yxatga kiritilmagan, son orqa mushagi jarohati qiynagan Aliqulovda 21-yanvargacha zarur davo muolajalari o'tkazilib, shundan keyin klubiga yuborildi.

Xullas, mas'ullar har bir futbolchiga jamoaning oltin fondi kabi munosabat bildirayotgani, faqatgina Osiyo kubogi emas, balki Jahon chempionati sari kurashda ask qotuvchi jangchi sifatida qarayotgani tahsinga loyiq", - dedi mutaxassis.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/abrorpirmuhammad