O'FA O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun yakuniy uchlikni e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
12 dek 2024
14 dekabr kuni O'FAning navbatdagi hisobot Kongressi bo'lib o'tadi.

Aynan shu kuni mamlakatimizning eng yaxshilari taqdirlanadi. Biroz avval O'FA matbuot xizmati "O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi" bo'lish uchun nomzodlarning yakuniy uchligini e'lon qildi. Uchlik quyidagicha ko'rinish olgan:

Abbosbek Fayzullaev

O'tkir Yusupov

Abduqodir Husanov


G'olib nomini 2 kundan so'ng bilib olamiz. Sizningcha, mamlakatimizning joriy yilgi eng zo'r o'yinchisi kim? Variantlaringizni izohlarda yozib qoldiring.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати