O'FA boshchiligida Toshkent FF tomonidan “Navro'z festivali” o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2018
O'zbekiston futbol associaciyasi boshchiligida Toshkent shahar futbol federatsiyasi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safini haqiqiy istedodli futbolchilar bilan to'ldirish maqsadida, 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Navro'z festivali"ni o'tkazadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2018 yil shakillanadi va 2019 yilning kuz faslida U-16 Osiyo chempionati saralash bahslariga kirishadi.

Musobaqa davomida O'FA selekcionerlari Qashqadaryo va Namangandagi istedodli futbolchilarni terma jamoalar uchun saralab olishadi.
“Navro'z festivali”da "Nasaf" va "Odil Junior" jamoalari poytaxt klublariga qarshi bahs olib boradilar.

20 mart. O'FA.
"Paxtakor" - "Nasaf"
"Odil Junior" - "Lokomotiv"

22 mart. O'FA.
"Odil Junior" - "Spartak"
"Bunyodkor" - "Nasaf"

24 mart. O'FA.
"Paxtakor" - "Odil Junior"
"Lokomotiv" - "Nasaf"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com