"Odnoklassniki" "Lokomotiv"ning titul homiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017
Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Odnoklassniki" (OK) sayti bilan homiylik shartnomasini imzoladi.

Bu haqda klubning "Feysbuk"dagi sahifasi e'lon qildi. OKning sport yo'nalishini rivojlantirish niyati bitim imzolashda muhim rolni o'ynadi.

Endi jamoa futbolchilari OK belgisi tushirilgan futbolkalarda to'p tepishadi. "Temiryo'lchilar" yangi logotipli formalardagi ilk uchrashuvni 5 aprel kuni "Ufa"ga qarshi Rossiya Kubogi doirasida o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia