Odiljon Hamrobekov: “O'FF prezidentining murojaatnomasini eshitdik. Bu futbolchilarning kayfiyatini ko'tardi”

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018
U-23 Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiya mag'lub etilgach, O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov o'z fikrlarini bildirdi.

“Ushbu uchrashuvdagi g'alaba muxlislarimizga va xalqimizga tegishli. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Yaponiya kuchli raqib ekanini bilardik, shu sababdan maydonda butun kuchimiz bilan o'ynadik va g'alaba qozondik.

Ushbu uchrashuv biz uchun katta ahamiyat kasb etar edi. Uchrashuvdan oldin O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidentining murojaatnomasini eshitdik va bu futbolchilarning kayfiyatini yanada ko'tardi.

O'FF rahbarining futbolchilarga aytgan so'zlari bizni uchrashuvda yanada katta ishtiyoq bilan to'p surishimizga yordam berdi. Qozog'istondagi fojealar ham kayfiyatimizga ta’sir ko'rsatgan edi. Biz o'z g'alabamiz bilan biroz bo'lsa ham xalqimizga quvonch ulasha olgan bo'lsak, bundan juda xursandmiz.

O'FF rahbariyati hamda muxlislarning ishonchi bizga kuch beradi. Biz yarim finalda ham g'alaba g'alaba qozonib ularning ishonchini oqlashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - dedi Hamrobekov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com