Odil Rami 3,75 million evro evaziga "Milan"ga o'tadi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014, 21:11
"Milan" va "Valensiya" himoyachi Odil Rami borasida kelishuvga erishishdi, deb xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.
28 yoshli futbolchi yaqin orada shaxsiy shartnoma tuzadi. Eslatib o'tamiz, Rami o'tgan mavsumning ikkinchi qismini aynan "Milan"da ijarada o'tkazdi. "Rossonerlar" uning narxini 3,75 million evrogacha tushurishga erishishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net