Odil Ahmedov jamoasi yaponlarni ham taslim etib, guruhda yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2017, 18:48
"Shanxay SIPG" hamda "Urava Red Daymonds" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi Shanxay klubining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Shanxay SIPG" - "Urava Red Daymonds" 3:2

Gollar: Ke Shi 10, Elkeson 45, Xalk 53 - Rafael Silva, Vataru Endo.

"Shanxay SIPG": Yan Junlin, Jan Vei, Van Shenchao, Sai Xuikan, Vu Li, Oskar, Elkeson, Xalk, Fu Xuan, Odil Ahmedov, Shi Ke.

"Urava Red Daymonds": Nishikava, Ugajin, Makino, Endo, Aoki, Komai, Li, Lyubiyankich, Abe, Korogi, Morivaki.

Chetlatish: Korogi 90.

"F" guruhi turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia