Odil Ahmedov Dioshdyorga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2014, 12:49
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi doirasidagi Dioshderga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, bu haqda buqalar bosh murabbiyi Oleg Kononov ma'lum qildi.
Uchinchi saralash bosqichi doirasidagi javob bahsi bugun, 7 avgust kuni Krasnodarda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda Krasnodar safarda yirik g'alabaga erishgandi - 5:1. Ahmedov Rossiya chempionatining birinchi turidan o'rin olgan Lokomotivga qarshi o'yinni (0:0) jarohat tufayli o'tkazib yuborgandi.

Ertaga Odil Ahmedov o'ynaydimi? U hozircha individual tarzda ishlaydi. Rejamizga ko'ra u Rossiya premer ligasining ikkinchi turida maydonga tushishi kerak, - deydi Kononov jurnalistlarga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rsport.ru