

O'yinda o'zbekistonlik Odil Ahmedov mezbonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shu tariqa, Ahmedov 6 yil 8 oy 27 kundan so'ng Osiyo chempionlar ligasida maydonga tushdi. So'nggi bor hamyurtimiz "Paxtakor" safida 2010 yil 11 may kuni Qatarning "Al Garafa" klubiga qarshi maydonga tushgan edi.




