OCHLdan o'rin olgan “Istiqlol” – “Al-Hilol” uchrashuviga Toshkent mezbonlik qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2018
Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan Eronning “Istiqlol” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari o'rtasidagi o'yin Toshkentda o'tkazilishi mumkin.

Uchrashuv mezboni bo'lishi kerak bo'lgan “Istiqlol” klubi “Al-Hilol”ning  o'yinni neytral maydonda o'tkazish bo'yicha so'rovini qabul qildi va mazkur uchrashuvni Toshkentda o'tkazishga ruxsat so'rab O'zbekiston futbol associaciyasiga xat jo'natdi.

Hozirda bu borada muzokaralar davom etmoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakuniga etsa, 20 fevral kuni OCHLdan o'rin olgan “Istiqlol” – “Al-Hilol” uchrashuvi Toshkentda o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com