

OCHL 1/8 finali doirasida "Sharja" va "Al Vahda" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlanib, o'yin penaltilar seriyasigacha bordi. Penaltilar seriyasida 4:5 hisobida "Al Vahda" jamoasi g'alaba qozondi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov dastlabki daqiqalardan to o'yin yakunlangunga qadar maydonda harakatlandi. Qayd etish joizki, Otabek Shukurov penaltilar seriyasida 4-zarbani berib, gol urishga erishgandi. Biroq, jamoaning boshqa a'zolari 11 metrlik nuqtada adashishdi.
OCHL. 1/8 final
Sharja, "Sharja" stadioni
"Sharja" (BAA) - "Al Vahda" (BAA) 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:5
Gollar: 56' Omar Xarbin, 58' Bernard
"Sharja" – Odil Al Xosani, Solih Al Hasan, Shahin Abdalla, G'anim Abdalla, Holid Ibrohim, Bernard, Otabek Shukurov, Majid Rashid, Kayo, Holid Bavazir, Malango
"Al Vahda" – Muhammal Al Shamsi, Muhammad Solih, Ahmad Rashid, Mahmud Xamis, Faris Juma, Halil Ibrohim, Xamis Ismoil, Li Myung, Xose Anxel, Joao Pedro, Omar Xarbin





