

O'yinning 37-daqiqasida bosh hakam "temiryo'lchilar" himoyachisi Salim Mustafoevga sariq kartochka ko'rsatdi.
2-turda "Fulad" bilan bahsda ham ogohlantirilgan Mustafoev keyingi turda "Al Sadd"ga qarshi Toshkentdagi bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvi 4 aprel kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.



