OCHL: Odil Ahmedov haftaning eng yaxshilari qatorida

Aziz Tukhtamuradov
19 okt 2017, 15:08
Osiyo futbol konfederatsiyasi qitaning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchilari nomini e'lon qildi.

Ular orasida "Shanxay SIPG"da to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov ham bor.

Terma jamoamiz sardori "Urava Reds"ga qarshi o'yinda jamoasining faol futbolchilaridan biri bo'ldi. Unga 10 ballik tizimda 6,5 ball berilgan. U o'yin davomida raqib darvozasiga 2ta zarba bergan va 78 marotaba aniq pas uzata olgan.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi deb, yarim finalda ikkita gol kiritgan "Persipolis" futbolchisi Gudvin Mensha topildi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia