OCHL. "Nasaf"ning BAA klublariga qarshi statistikasi. G'alabali seriya davom etadimi?

Iskandarov Abdulaziz
22 okt 2023
Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OCHL guruh bosqichi uchinchi turida "Sharja" mehmoni bo'ladi.

"Nasaf" hozirgacha BAA klublari bilan o'zaro 10 marotaba to'qnash kelgan. 4ta o'yinda Qarshi klubi zafar quchgan bo'lsa, 2tasida durang qolgan 4ta bellashuvda raqiblar g'alabani o'z tomoniga og'dirgan, deya olamiz.  "Nasaf" "Sharja" bilan o'ynaydigan O'zbekistonning ikkinchi jamoasi bo'ladi. 2021 yil OCHL guruh bosqichida "Paxtakor" bu jamoa bilan ikki bor bellashgan (1:1, 4:1)

10.02.2002. "Al Vahda" - "Nasaf" 1:2

07.03.2012. "Nasaf" - "Al Jazira" 2:4

02.05.2012. "Al Jazira" - "Nasaf" 4:1

18.03.2015. "Al Ahli" - "Nasaf" 0:0

07.04.2015. "Nasaf" - "Al Ahli" 0:1

19.04.2016. "Nasaf" - "Al Ayn" 1:1

03.05.2016. "Al Ayn" - "Nasaf" 2:0

20.02.2018. "Nasaf" - "Al Vasl" 1:0

16.04.2018. "Al Vasl" - "Nasaf" 1:2

15.03.2022. "Baniyas" - "Nasaf" 0:2


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia