OCHL finalida qaysi jamoalar o'ynaydi va bahslar qachon bo'lib o'tadi?

Aslanov Jasurbek
18 okt 2017
Bugun, 18 oktyabr kuni "Urava Red Daymonds" hamda "Shanxay SIPG" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahs yaponiyaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va bu natija "Urava"ning finalga chiqishi uchun etarli bo'ldi. G'arb mintaqasida yarim finalda g'olib bo'lgan Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi OCHL finalida "Urava Red Daymonds"ga qarshi o'ynaydi. Final ikki o'yindan iborat bo'ladi. Birinchi uchrashuv 18 noyabr kuni Saudiya Arabistonida, javob o'yini esa 25 noyabr kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi. Turnir g'olibi dekabr oyida BAAda bo'ladigan Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Final

18 noyabr

"Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds"


25 noyabr

"Urava Red Daymonds" - "Al-Hilol"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia