OCHL. Eronlik hujumchi Avstraliya klubiga o'tdi

Xayrulla Xoliqov
29 yanv 2019
Rizo Guchannajod faoliyatini Avstraliyada davom ettiradi.

Osiyo chempionlar ligasida katta maqsadlarni qo'yayotgan Avstraliyaning "Sidney FK" klubi o'z safini Rizo Guchannajod bilan to'ldirib oldi. Eronlik hujumchi yangi jamoasi bilan yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Guchannajod bunga qadar Kiprning APOEL klubida to'p tepib kelayotgandi.

Ushbu hujumchi Eron milliy terma jamoasi safida 44 bor maydonga tushib, 17ta gol urgan. Guchannajod qisqacha intervyu berishga ham ulgurdi. U shunday dedi: ""Men "Sidney FK" safiga kelib qo'shilganimdan xursandman. Bu jamoa bilan mamlakat chempionati hamda Osiyo chempionlar ligasida o'zimni ko'rsatishni xohlayman".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia