OCHL-2023/24. "Navbahor" va AGMK saralashda qaysi jamoalar bilan o'ynaydi?

Mirjalol Normatov
13 noya 2022
Kecha Coca Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi yakuniga etdi.

Unda "Paxtakor" chempionlikka erishib, OCHL 2023/24 yilgi mavsum guruh bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa birinchi savatchadan o'rin oladi.

"Nasaf" esa O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oldi. Biroq ular 2-savatchadan o'rin oladi.

"Navbahor" esa OCHLdagi debyut o'yinini saralash bosqichida Ummonning "Al-Sib" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahsda g'alaba qozongan taqdirda jamoa Qatarning to'rtinchi jamoasiga qarshi o'ynaydi.

AGMK ham ishtirokni saralash bosqichidan boshlaydi. Raqib - Bangladeshning "Bashundara Kingz" jamoasi bo'ladi. Olmaliqliklar ushbu bahsda g'alaba qozongan taqdirda Qatarga boradi va uchinchi jamoa bilan o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Алишер Никимбаев телеграм канали