OCHL-2021. Li Byung Geun: "Toshkentda o'tadigan musobaqa oldigisidan muvaffaqiyatliroq bo'ladi deb umid qilaman"

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2021
OCHL-2021 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi "Kavasaki Frontale" - "Tegu" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Janubiy Koreya klubi bosh murabbiyi Li Byung Geun ishtirok etdi.

"Biz Osiyo chempionlar ligasida ikkinchi bor ishtirok etayapmiz. Birinchi urinishimiz u qadar omadli chiqmagandi. Bu safar Toshkentda o'tadigan musobaqa oldigisidan ko'ra muvaffaqiyatli bo'ladi", - deydi bosh murabbiy Li Byung Geun.

"Oldingi ishtirokimizdan yaxshiroq o'ynaymiz deb o'ylayman. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va maqsadimiz yuqori", - deydi futbolchi Jin Xyuk Kim.




- Koreya klublari odatda favoritlar qatorida tilga olinadi. Bu yil ham muxlislar klubingizdan yuqori natijalar kutishadi...

- Bu narsa albatta bizni xursand qiladi. Biz doim yaxshi natija ko'rsatishga urinamiz. Janubiy Koreyaning barcha klublarini kuchli deb hisoblayman. Osiyoda ham yaxshi saviyadagi klublar etarlicha.

Jin Xyuk Kim: -
Osiyo chempionlar ligasi yuqori saviyadagi musobaqa hisoblanadi. Bu erda ishtirok etayotgan barcha klublarni kuchli deb hisoblash mumkin. Biz ham kuchlilar qatorida tilga olinishga harakat qilamiz.




- O'tgan mavsum "Ulsan Xyunday" klubi OCHLda g'olib bo'lgandi. Janubiy Koreya va Yaponiya klublari o'rtasida xos qarama-qarshiliklar bo'ladi. Oldingizga qanday maqsad qo'yilgan?

- Biz oldimizga doim yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Ertangi raqibimiz kuchli jamoa, ularni to'xtatishga harakat qilamiz. Yaponiya klublariga qarshi doim muvaffaqiyatli o'ynashga urinamiz.

- Klubning braziliyalik to'purari Chezinya Toshkentga kelganmi?

- Ha kelgan va o'yinlarga tayyor.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia