

Dastlabki gol mehmonlar hujumchisi Edgar Bruno tomonidan 11-daqiqada urildi. Ikkinchi gol ham mehmonlar vakili Markos Serrato hisobiga yozildi, faqat avtogol sifatida.
O'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi taym boshida almashtirildi.
Shu tariqa, bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.

"Kanvon" ayni paytda 1 ochko bilan oxirgi pog'onada bormoqda. Jamoaning keyingi o'yini 18 mart kuni safarda "Poxang Stilers"ga qarshi kechadi.



