OCHL-2020. “Sharja” – “Al Taavon” bahsi taqdirini yagona gol hal etdi. Shukurov esa to'liq o'ynadi

Eldor Akmurzayev
11 fev 2020, 21:55
Osiyo Chempionlar Ligasining 1-turi doirasida BAAning “Sharja” jamoasi o'z maydonida "Al Taavon"ni (S.Arabistoni) qabul qildi.

O'yinning 34-daqiqasida Feysal Darvish tomonidan kiritilgan yagona gol saudiyaliklarga minimal g'alaba keltirdi.

O'zbekiston MTJ a'zosi Otabek Shukurov esa mezbonlar safida o'yinni to'liq o'tkazdi va 87-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

“C” kvarteti. 1-tur.

“Sharja” (BAA) – "Al Taavon" (S.Arabistoni) 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: Feysal Darvish 34

19:55, “Sharja” o'yingohi.

“Sharja” – Al Hosani, Al Sharji, Hamiz, Abdulrahmon, Solih, Xalfan, Surur, Abdulbosit, Mendesh, Shukurov, Kayo.

"Al Taavon" – Do Anjus, Al Hamad, Al Absi, Asiri, Barnavi, Amissi, Abusaban, Alrashidi, Al Suat, Darvish, As Sahlavi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia