OCHL-2020 saralash. “Al-Ayn” va “Bunyodkor”ning asosiy tarkiblari bilan tanishing, “qaldirg'ochlar” stadionga klassik uslubdagi kiyimlarda kelishdi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2020
Bugun, Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun so'nggi saralash o'yinlari o'tkazilmoqda.

O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Bunyodkor” safarda BAAning “Al-Ayn” klubiga qarshi to'qnash keladi. “Qaldirg'ochlar” uchrashuv o'tkaziladigan "Hazza bin Zayid" o'yingohiga klassik uslubda kiyingan holda tashrif buyurdi. Bunaqasi o'zbek futbolida deyarli kam uchraydigan holat hisoblanadi.

Jamoalarning bugungi bahs uchun e'lon qilingan asosiy tarkiblari bilan tanishing:

“Al-Ayn” (BAA) – “Bunyodkor” (O'zbekiston)

19:40, Xazza bin Zayed stadioni.

“Al-Ayn” – Eysa, Juma, Shiotani, Ahmed, Abdulla, Barman, Nader, M.Abdulrahmon, Muhammad, Laba Kojo Fo Do, Omar Yezen

“Bunyodkor” – Abduljalilov, Yo'ldoshev, G'ofurov, Xolmuhamedov, Ahmadaliev, G'ulomov, Abduraimov, To'raev, Izzatov, Murtazoev, Jaloliddinov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia