OCHL-2020. Eron klublari OFK bilan kelishuvga erishdi, boykot bo'lmaydi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2020
Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Eron klublari o'rtasida o'zaro uchrashuv bo'lib o'tdi, deya xabar beradi Alisher Nikimbaev telegram'dagi sahifasi orqali.

“Eron ertagi kutilgan tarzda yakunlandi. Bugun Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi to'rtta klub Eron futbol federatsiyasining vaqtinchalik bosh kotibi bilan birga OFK bosh kotibi bilan uchrashishdi va kelishib olishdi:

1. OFK qaroriga ko'ra, Eronda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan pley-off bahslari Amirliklarga ko'chirildi, o'yinlar shanba kuni Dubay va Sharjada o'tkaziladi.

2. Eron klublari guruh bosqichining birinchi davrasini safarda o'tkazishadi, uy va mehmondagi uchrashuvlarni o'zgartirgan holda. (Masalan, “Bunyodkor” guruh bosqichiga chiqsa, 11 fevral kungi “Sepaxon” bilan bahs Isfaxonda emas, Toshkentda bo'ladi). To'rtinchi turga kelib, tegishli qaror qabul qilinadi va o'yinlar Eronda o'tkaziladimi yo yo'q aniqlanadi. (Aslida, barchasi FIFA JCH-2022/Osiyo Kubogi-2023 saralashidan o'rin olgan Eron va Gonkong o'rtasidagi bellashuvni qayerda o'tkazishiga bog'liq)

Shunday qilib, boykot bekor qilindi. Barcha, baland ohangdagi bayonotlar havoda qoldi”, – deya qayd etgan Alisher Nikimbaev.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev