OCHL-2020. "Lokomotiv"ning bo'lajak raqibi Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020
21 yanvar kuni O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi OCHL-2020 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubiga qarshi o'ynaydi.

Bugun Dushanbe klubi delegaciyasi 18 nafar futbolchi bilan Toshkent shahriga yetib keldi. "Istiqlol" a'zolari poytaxtimizdagi "Sofiya" mehmonxonasiga joylashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun kuning ikkinchi yarmida "Istiqlol" mashg'ulot o'tkazadi. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvi 21 yanvar kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia