OCHL-2019 pley-off bosqichi. AGMK Tojikiston chempioni bilan o'ynaydigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2018
O'zbekiston kubogi sohibi AGMK klubi 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

OFK bugun saralash bosqichi mexanizmini e'lon qildi. Unga ko'ra AGMK guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita raqibni mag'lub etishi kerak bo'ladi. 

Dastlab, 12 fevral kuni olmaliqliklar o'z maydonida Tojikiston chempioni, "Istiqlol" klubini qabul qilishadi. Oldinroq "Istiqlol" Bahrayn chempioni bilan o'ynashi kerakligi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo Bahrayn klubi licenziyalashdan o'ta olmadi. 

Shu tariqa AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi g'olibi 19 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al Nassr" mehmoni bo'ladi. Mana shu o'yin g'olibi guruh bosqichiga chiqadi. 

Ma'lumot uchun, "Istiqlol" tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Jahongir Abdumo'minov to'p tepmoqda.



12 fevral 

AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)


19 fevral 

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston) yoki "Istiqlol" (Tojikiston)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia