OCHL-2019. "Lokomotiv" raqibi "Al Vahda" Toshkentga kelishdan oldin yirik hisobda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2019
BAA pro-ligasida 17-turidan o'rin olgan "Al Vahda" - "Baniyas" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Argentinalik Sebastyan Talyabue va braziliyalik Leonardoning ikkitadan gollari evaziga "Al Vahda" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Eslatib o'tamiz, 4 mart kuni "Al Vahda" OCHL guruh bosqichi 1-turida "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'ladi.

"Al Vahda" - "Baniyas" 4:1
Gollar: 
Talyabue 26, 50, Leonardo 53, 62 - Yusuf Jobir 45+2.
"Al Vahda": Al Shamsi, Al Kamoli, Rim Chang Vu, Al Menholi, Abbos Juma, Almehrzi, Tariq Ahmad (Nosir Abdulhadi, 77), Leonardo (Ismoil Matar, 63), Halil Ibrohim, Al Xarbi, Talyabue.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia