

54 yoshli Hakim Fuzaylov bilan shartnoma 3 dekabr kuni imzolandi.
Ushbu murabbiy oldiga barcha musobaqalarda yuqori natijalar qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi, – deb yoziladi Istiqlol klubi rasmiy saytida.
Fuzaylov Buxoro, Dinamo, Andijon, Titan (Rossiya), Lokomotiv Moskva (murabbiy selekcioner), Rostov (sport direktori o'rinbosar), Lokomotiv Toshkent kabi klublarda faoliyat olib borgan.
2016 yil aprel oyidan 2018 yil mart oyiga qadar Tojikiston milliy terma jamoasini boshqardi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilgi OCHL pley-offida Istiqlol O'zbekistonning AGMK klubi bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs 12 fevral kuni Olmaliqda bo'lib o'tadi.






