

Mazkur bellashuvga bosh hakam etib tayinlangan Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini vetnamlik Nguyen Xien Triet bajaradi.
Uchrashuv komissari – maldivlik Ahmad Shahir, hakamlar nazoratchisi esa yaponiyalik Ishiyama Noboru bo'ladi. Bahs menejeri vazifasi singapurlik Muhammad Zubirga yuklatildi.
Ma'lumot uchun, “Shanxay Shenxua” – “Brisben Roar” o'rtasidagi bellashuv 8 fevral kuni, Shanxay shahrida bo'lib o'tadi.



