"Obod": O'rinbosarlarimiz yutqazdi, asosiy tarkib ertaga o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2017
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalarimiz nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishda davom etadi.

Bugun Vyacheslav Tigay boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz "Obod" maydonida Toshkent shahar chempionati ishtirokchisi "Namuna"ga qarshi maydonga chiqib, 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Ertaga asosiy tarkib a'zolari ham navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib - "Qizilqum". "Obod" maydonida bo'lib o'tadigan mazkur bellashuv 15:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcobod.uz