Oblak: “Atletiko” “Barselona”ga qarshi maydonga qo'rquv bilan chiqqandi”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2023
La Liga 16-turi doirasida “Barselona”ga uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) keyin “Atletiko” kiperi Yan Oblak o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yomon boshladik, qo'rquv bilan, biroz ishonchsizlik bor edi, ammo keyin uyg'ondik. Bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol urolmadik. To'p darvozaga kirishni istamadi, bizda ko'plab qulay vaziyatlar bo'ldi, balki, yuz foizlik bo'lmagandir, lekin yakunda bazilari golga aylanishi mumkin edi.

Oxirgi uchrashuvlarda yaxshi harakat qildik. Bu holarda maydonga chiqishga haqqimiz yo'q edi. Umid qilamanki, bu biz bilan boshqa takrorlanmaydi va ishonchli o'ynashda davom etamiz. Uchrashuvni gol o'tkazib yuborganimizdan keyin emas, ilk soniyadanoq boshlashimiz lozim”, deydi Oblak.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: DAZN