Obameyyang Germaniya Kubogi finalida "Bavariya"ga ikkita gol urmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 may 2016, 11:10
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyangning fikricha, u "Bavariya"ga qarshi Germaniya Kubogi final uchrashuvida juda yaxshi o'yin ko'rsatishga muvaffaq bo'ladi.

"Bavariya"ga ikkita gol uraman" - deydi Obameyyang.

Obameyyang joriy mavsumda Bundesliganing 29 uchrashuvida 25 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

Final uchrashuvi 21 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope