Obameyang: "Janob Vatcke, siz masxarabozsiz"

Mirjalol Normatov
4 okt 2019
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Dortmundning "Borussiya"si direktorlaridan biri bo'lgan Xans-Yoakim Vatckeni tanqid qildi.

Ushbu gaplari orqali u nima sababli "Borussiya"dan ketganini tana qilgandek bo'ldi.

"Borussiya"dan ketganimni hech kimga aytmayotganim siz uchun qanchalar yaxshi tuyulishini bilaman. Janob Vatcke, siz masxarabozsiz.

Usmon Dembeleni umuman sotmayman, deganingiz esimda. 100 millionlik taklif chiqqanida puldan boshqa hech nimani ko'rmay qolgangizni bilaman.

Pul haqida gapirmang, iltimos! Meni tinch qo'ying!", - deb yozadi Obameyang o'z tvitterida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express