Obameyang - 2015 yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016
Afrika futbol Konfederatsiyasi 2015 yil laureatlarini e'lon qildi.

Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb dortmundning Borussiya klubi hujumichis Per-Emerik Obameyang tan olindi (143 ochko). Manchester Siti yarim himoyachisi Yaya Ture ikkinchi (136), Suonsi vakili Andre Ayyu (112) uchinchi bo'ldi.

Nigeriya (U-17) jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi. Afrikada o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi nomiga tanzaniyalik Mbvana Samatta sazovor bo'ldi.

Yil murabbiyi nomi Kot-d′Ivuar ustozi Erve Renarga nasib qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: cafonline.com