OAV: Rafael Benites Oston O'runov to'p tepayotgan "Spartak" klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 dek 2020, 22:18
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Spartak" "Liverpul" va "Real" sobiq ustozi Rafa Benitesni jamoaga tayinlash variantini ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumot uchun, Benites hozirda Xitoyning "Dalyan Pro" jamoasini boshqaryapti.

Shuningdek, "qizil-oqlar" "Monako" sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardimga qiziqishmoqda.

Oldinroq Moskva klubi "Sassuolo" ustozi Roberto De Dzerbiga qiziqish bildirgan edi, ammo italiyalik bu taklifni rad etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tass.ru