OAV: Ikardi JCH-2018 ga bormaydi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Milanning “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardini JCH-2018ga boradigan tarkibga kiritmadi, deya xabar bermoqda Fox Sport nashri jurnalisti Lusiana Rubinska.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, murabbiyning bunday qarorga kelishiga Ikardining terma jamoa safida ko'pgina bahslarda bo'sh harakat qilgani va terma jamoadagi sheriklari bilan sovuq munosabatlari sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 guruh bosqichida Argentina termasi o'z guruhida Nigeriya, Islandiyava Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Manba: FOX Sports